Habib Nurmagomedov MMA'dagi birinchi jangidan qancha pul olgandi?

Habib Nurmagomedov MMA'dagi birinchi jangidan qancha pul olgandi?

Engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov birinchi jangida qancha gonorar olganini ochiqladi.

Habib Nurmagomedov 2008 yil o‘zining MMA'dagi debyut jangida ozarbayjonlik Vusal Bayramovni mag‘lub qilgandi.

"O‘zimning MMA'dagi birinchi jangimda 2000 dollar ishlab olganman. Men o‘sha payt 19 yoshda edim. Otam tezroq professional jang o‘tkazishimni aytgandi. Shundan so‘ng, menga birinchi raqibni taklif qilishdi.

Men ulardan "rostdan bitta jang uchun 2000 dollar berasizlarmi?", - deb so‘radim. - Ha, deb javob berishdi. Ikki ming dollar o‘sha payt juda katta pul edi, oradan 13 yil o‘tdi. O‘sha yigitning janglarini ko‘rdim va dedim: osongina pul, jang qilaman.

Jangimiz Ukrainada bo‘lgandi. Men uni birinchi daqiqalarning o‘zida mag‘lub qildim. Pulni oldim va uyga qaytdim", -deydi Habib Nurmagomedov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!