Habib Nurmagomedov 500 millionlik shartnoma imzolamoqchi. Bu yangi jangning gonorarimi?

Habib Nurmagomedov 500 millionlik shartnoma imzolamoqchi. Bu yangi jangning gonorarimi?

Engil vaznda sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov Gorilla Energy energetik ichimliklar kompaniyasi bilan uzoq muddatli yangi shartnomaga imzo chekadi.

Ushbu shartnoma yarim milliard rubldan ko‘proqni tashkil qiladi. Shartnomaga ko‘ra Gorilla Habib Nurmagomedovga 7 million AQSh dollari (513 053 100 rubl) to‘lab beradi. Kelishuv rasman 18 avgust kuni e’lon qilinadi.

Shu kuni Moskva shahrida Habib Nurmagomedov ishtirokida katta matbuot anjumani ham o‘tkaziladi. Dog‘istonlik sobiq chempion istiqboldagi rejalari bilan o‘rtoqlashadi.

Ma’lumot uchun, Gorilla bilan o‘zbekistonlik bokschilar ham hamkorlik qilishadi. Ular orasida Shohjahon Ergashev bu borada ancha faol hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!