Gvineya yozga qadar Ebola o‘chog‘iga aylanishi mumkin

Gvineya yozga qadar Ebola o‘chog‘iga aylanishi mumkin

Agar kasallik bilan bog‘liq vaziyat yaxshi tomonga o‘zgarmasa, Gvineya yozda Ebola o‘chog‘iga aylanishi mumkin. Bu haqda Rospotrebnadzor rahbari Anna Popova agentlik muxbirlari bilan suhbat chog‘ida ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, hozirda mutaxassislar bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha zarur choralarni amalga oshirmoqdalar.

Shuningdek,  Popova 2014 yil avgustidan beri respublika hududida Rospotrebnadzorning epidemiyaga qarshi guruhi faoliyat yuritayotganligini ta’kidladi.

Bo‘lim rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Gvineyada Eboladan tashqari koronavirus tarqalishi ham kuzatilmoqda. Ammo koronavirus bilan bog‘liq holat «unchalik yomon emas».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!