Geroin savdosiga chek qo‘yildi

Geroin savdosiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda XTBga Sh ismli shaxs ariza bilan murojaat qilib, unda, To‘rtko‘l shahrida yashovchi «J» ismli shaxs giyohvandlik moddasini sotish va iste’mol qilish bilan shug‘ullanib yurganligini hamda uning jinoyatiga chek qo‘yishda o‘z xohishi bilan yordam berishini ma’lum qilgan.

Ushbu arizaga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda XTB Miskin bekati bo‘linmasi xodimlari tomonidan joriy yilning 24 avgust kuni tezkor tadbir o‘tkazilib To‘rtko‘l temir yo‘l bekati hududi bo‘ylab yurgan To‘rtko‘l tumani Nukus ko‘chasida yashovchi 1991 y.t. N.J. to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, yonidan qog‘oz bo‘lagiga o‘ralgan 0.07 gramm «geroin» giyohvandlik moddasi (EKBning xulosasiga ko‘ra) borligi aniqlanib, ushlangan.

Dastlabki surishtiruv harakatlari davomida N.J. ushbu moddani To‘rtko‘l shahrida yashovchi R.A.dan sotib olganligi va ushbu shaxsni qo‘lga olishda o‘z xohishi bilan yordam berishi haqida ma’lum qilgan.

Shu kuni davom ettirilgan tezkor tadbir davomida, Nukus ko‘chasi 22-sonli maktab oldida To‘rtko‘l tumani K.Otaniyozov ko‘chasida yashovchi, 1977 y.t. R.A. fuqaro N.J.ga 0.04 gramm «geroin» giyohvandlik moddasini (EKB xulosasiga ko‘ra) 300 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda XTB huzuridagi tergov guruhi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 2-qismi «a» bandi hamda 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!