Germaniyada davlat to‘ntarishiga qarshi yirik operasiya o‘tkazildi

Germaniyada davlat to‘ntarishiga qarshi yirik operasiya o‘tkazildi

Bu haqda RIA Novosti “Spiegel” jurnaliga asoslanib, xabar berdi.

Nashr xabariga ko‘ra, “spesnaz” bir vaqtda 11 ta federal o‘lkada operasiyaga o‘tkazmoqda. Qayd etilishicha, Germaniya bosh prokurori va Jinoyat polisiyasi federal boshqarmasi (JPB) topshirig‘iga ko‘ra, o‘nglar terror tashkilotiga a’zo bo‘lgan yoki uni qo‘llab-quvvatlagan 25 nafar erkak va ayol qo‘lga olingan.

Nashrning yozishicha, 130 dan ortiq uy, idora va boshqa binolar tintuv qilinmoqda yoki allaqachon tintuvdan o‘tkazilgan.

Ta’kidlanishicha, gumonlanuvchilarning rejalari orasida, xususan, “Bundestagga qurolli hujum uyushtirish va siyosatchilarni hibsga olish” ham bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!