Germaniya Rossiyani tiyib turish uchun juda sekin qurollanmoqda

Germaniya Rossiyani tiyib turish uchun juda sekin qurollanmoqda

"Bundesverga hozirgi ta’minot darajasi bilan Germaniyaning harbiy salohiyatini 2004 yilgi darajasiga qaytarish uchun taxminan 100 yil kerak bo‘ladi", deya ma’lum qildi Kil Jahon Iqtisodiyoti Instituti.

Bu xulosaga oldingi hukumatlar tomonidan Germaniya armiyasida askarlar sonining keskin qisqartirilishi va hozirgi Shols hukumati armiyani juda sekin qayta qurollantirayotganligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

"Agar hozirgi holatda qayta kurollanish davom etadigan bo‘lsa, Bundesver o‘zining jangovar samolyotlar uchun potensialini taxminan 15 yil ichida, tanklar uchun 40 yil va gaubisalar uchun 100 yil ichida tiklaydi", deb hisoblaydi mutaxassislar.

Hozir nemis rasmiylari Ukrainaga harbiy yordam yetkazib berish fonida qurol-yarog ta’minotini juda sekin amalga oshirishmoqda. "Shu bilan birga, havo hujumidan mudofaa tizimlari va gaubisalarning zaxiralari hatto kamaydi", deya ta’kidlaydi hisobot mualliflari.

Kil instituti tadqiqotchisi Guntram Volf, Germaniya zarur bo‘lgandan ko‘ra sekinroq qurollanayotganini qayd etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!