G‘azo sulh bitimi 90 foizga kelishilgan

G‘azo sulh bitimi 90 foizga kelishilgan

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv 90 foizga kelishilganini ta’kidladi.

U Gaitiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Port-o-Prensda o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu haqda ma’lum qilgan.

"Biz bu borada ishlamoqdamiz va men ko‘rganimdek, 90 foiz kelishilgan deb o‘ylayman, ammo kelishish kerak bo‘lgan bir nechta muhim sohalar mavjud va ular kelishuvning ba’zi jihatlari qanday amalga oshirilishi bilan bog‘liq". - dedi u va bu masalalarning bir qanchasi, xususan, Filadelfiya koridori va garovga olinganlar va asirlar almashinuvi so‘nggi kunlarda muhokama qilinganiga oydinlik kiritib.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!