Gaz sizib chiqishi oqibatida qirqqa yaqin uyda portlash sodir bo‘ldi

Gaz sizib chiqishi oqibatida qirqqa yaqin uyda portlash sodir bo‘ldi

Portlashlar Andover, Nort-Andover va Lorens shaharlarida sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC News. Barcha shaharlar Massachusets shtatida joylashgan.

Xabar qilinishicha, bitta uy vayron bo‘lgan, bir nechta uy olov ichida qolgan.

Shtat polisiyasi uchta shahardagi 39ta uyda portlash va yong‘inlar sodir bo‘lgani haqida murojaat qilinganini tasdiqladi. 

Associated Press agentligining xabariga ko‘ra, hodisa natijasida kamida to‘rt kishi jabrlangan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!