G20 yakuniy deklarasiyasi: Ukrainadagi urush qoralandi

G20 yakuniy deklarasiyasi: Ukrainadagi urush qoralandi

G20 mamlakatlarining ko‘pchiligi Ukraindagi urushni qoraladi va yadroviy quroldan foydalanish hamda shunga oid taxdidlarni qabul qilib bo‘lmas ekanligiga urg‘u berdi.

Indoneziyaning Bali orolidagi G20 Sammitida ishtirok etgan barcha yetakchilar to‘qnashuvlarga tinchlik yo‘li bilan va inson huquqlariga bog‘liq holda barham berishga chaqirdi.

G20 Sammitining yakuniy deklarasiyasi yetakchilarning ikki kun davom etgan majlislaridan so‘ng, 52 modda shaklida e’lon qilindi. Deklarasiyada sammit dunyodagi bir qancha inqirozlar davrida o‘tkazilgani alohida ta’kidlangan.

Xalqaro huquq, tinchlik va barqarorlikni ta’minlovchi ko‘p tomonlama tizimni qo‘llab-quvvatlash zarurligi qayd etilgan deklarasiyada "Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti nizomi va xalqaro inson huquqlari qonuni tamoyillariga bog‘liq holda tinch aholi va qurolli infratuzilmani himoya qilishni o‘z ichiga oladi. Yadro qurolidan foydalanish yoki u bilan bog‘liq tahdidlarni qabul qilib bo‘lmaydi. Mojarolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, diplomatiya va muloqotni davom ettirish hayotiy ahamiyatga ega. Hozirgi asr urush davri bo‘lmasligi kerak", — kabi ifodalar ishlatilgan.

Lavrov sammit yakunlanmay turib u yerni tark etdi

Deklarasiyada ko‘plab a’zolar Ukrainadagi urushni qoraladi, uning insoniy azob-uqubatlar va jahon iqtisodiyotidagi mavjud zaifliklarni chuqurlashtirgani ta’kidlandi.

"Urush o‘sishni cheklamoqda, inflyasiyani oshirib, ta’minot zanjirlarini uzmoqda, energiya, oziq-ovqat va moliyaviy inqiroz xavfini kuchaytirmoqda. Shuningdek, vaziyat va sanksiyalar bo‘yicha turli qarash va fikrlar mavjud. G20 xavfsizlik masalalarini hal qiladigan forum emasligini eslatish bilan birga, xavfsizlik muammolarining iqtisodiyot uchun muhim oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tan olamiz", — deyiladi sammit yakuniy deklarasiyasida.

Sammitga Rossiya nomidan qatnashgan tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov yakuniy bayonot loyihasidagi bu kabi bayonotlarga e’tiroz bildirdi va seshanba kuni kechqurun yurtiga jo‘nab ketdi. Yopilish marosimida Rossiya tomonidan moliya vaziri Anton Siluanov ishtirok etdi.

Deklarasiyada G20 global iqtisodiyot uchun ushbu muhim davrda zarur va aniq qadamlar qo‘yishi kerakligi ta’kidlandi.

Deklarasiyada eng past rivojlangan va rivojlanib borayotgan kichik orol-davlatlarni global muammolarga qarshi qo‘llab-quvvatlash davom ettirilishi ta’kidlandi va bu maqsad doirasida yaxlit bir rivojlanishni ta’minlash uchun 5 ta qadam qo‘yilishi qayd etildi.

Shuningdek, deklarasiyada mojarolar fonida oziq-ovqat inqirozining yanada chuqurlashuvidan xavotir bildirilgancha, quyidagilar qayd etiladi: "Shu sababli, rivojlanib borayotgan mamlakatlardagi zaif jamiyatlarni markazga qo‘yish orqali hayotlarini qutqarish, ocharlik va ovqat yetishmovchiligini oldini olish uchun shoshilinch choralar ko‘rishga majburmiz. Biz barqaror, chidamli qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlarini ta’minlashga chaqiramiz. Turkiya va BMT vositachiligidagi Istanbul kelishuvidan mamnunmiz. Barcha manfaatdor tomonlar kelishuvni to‘liq, o‘z vaqtida va doimiy ravishda amalga oshirish muhimligini ta’kidlaymiz".

Geosiyosiy, energetik va inflyasion inqirozlar bilan bir qatorda iqlim inqiroziga ham e’tibor qaratilgan deklarasiyada, iqlimni yaxshilash bo‘yicha byudjet ajratish kerakligini eslatib, "Rivojlangan mamlakatlarning iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish uchun 2020 yildan boshlab berish majburiyatini olgan yillik 100 milliard dollar mablag‘ni safarbar qilishga chaqiramiz", — deb ta’kidlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!