Fuqarolar ham Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Fuqarolar ham Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

O‘zlarining konstitusiyaviy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasiga muvofiq bo‘lmagan normativ-huquqiy hujjatlar bilan buzilgan deb hisoblovchi jismoniy va yuridik shaxslar ham Konstitusiyaviy sudga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Amaldagi qonunga ko‘ra, hozirda quyidagilar Konstitusiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masalalar kiritish huquqiga ega:

Oliy Majlis palatalari;

Prezident;

Vazirlar Mahkamasi;

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman);

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi;

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat deputatlar guruhi;

Senat a’zolari umumiy sonining kamida to‘rtdan bir qismidan iborat senatorlar guruhi;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi;

Bosh prokuror.

Konstitusiyaviy sudning kamida uch nafar sudyasi tashabbusi bilan ham Konstitusiyaviy sudda ko‘rib chiqish uchun masala kiritilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!