Fransiya prezidenti bosh vazirning iste’fosini qabul qilmoqchi

Fransiya prezidenti bosh vazirning iste’fosini qabul qilmoqchi

Bugun kechqurun Fransiya rahbari Emmanuel Makron Gabriel Attal hukumatining iste’fosini qabul qiladi.

«Le Figaro» nashrining yozishicha, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tegishli qarorni “kun oxirigacha” qabul qiladi.

Avvalroq, Fransiyada parlament saylovlarining ikkinchi bosqichi o‘tganining ertasigayoq G. Attal iste’foga chiqishini ma’lum qilgan edi. Biroq, E. Makron qaror qabul qilishni kechiktirishni afzal ko‘rdi.

- Yaqin soatlarda Respublika prezidenti bosh vazir va hukumat vakolatlarini tugatish to‘g‘risidagi farmonni imzolaydi. Biroq, davlat rahbari o‘tgan hafta e’lon qilingan fransuzlarga yo‘llagan maktubida ma’lum qilinganidek, Attal hukumati yangi hukumat guruhi tayinlangunga qadar "joriy ishlar" bilan shug‘ullanishda davom etadi, - deyiladi Fransiya gazetasi maqolasida.

Bu qarorlarni qabul qilish vaqti tasodifiy emasdir: ikki kundan keyin Fransiyaning yangi qonun chiqaruvchi organining birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tishi kerak. Oradan roppa-rosa 10 kundan so‘ng mamlakatda 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!