Yonida noma’lum ayol ham bo‘lgan: Fransiya telegram asoschisi Pavel Durovni nega qo‘lga oldi?

Yonida noma’lum ayol ham bo‘lgan: Fransiya telegram asoschisi Pavel Durovni nega qo‘lga oldi?

Telegram messenjeri asoschisi va rahbari Pavel Durov Fransiyaga yetib keldi, u yerda rasmiylar uni hibsga olish uchun order berdi. Durov Le Burje aeroportida polisiya tomonidan qo‘lga olindi, deya xabar beradi Fransiya OAV.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya huquq-tartibot idoralari Telegramni jinoyatchilik uchun zamin deb hisoblaydi va Durovning kontentni qat’iy moderasiya qilishdan bosh tortganidan va giyohvand moddalarni tarqatish, bolalar pornografiyasi va firibgarlikda gumon qilingan foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni oshkor qilishda rasmiylar bilan hamkorlik qilmaganidan norozi.

Deyarli bir kundan buyon hech qanday rasmiy ma’lumot berilmagan Durovning hibsga olinishi keskin reaksiya va so‘z erkinligini cheklashda ayblovlarga sabab bo‘ldi.

Durov, Rossiyadan tashqari, Fransiya fuqaroligiga ega. Fransiyaning TF1 telekanali manbalariga ko‘ra, u qidiruvda ekanligini bilgan va Fransiyaga borishdan qochgan. Ular uning nima uchun kelganini tushunishmaydi va Dubayda yashovchi Durovning Yevropa Ittifoqiga qaytishini «xato» deb atashadi.

39 yoshli milliarder Ozarbayjondan shaxsiy samolyotda uchib kelgan. U bilan birga tansoqchi va ismi oshkor etilmagan ayol ham bo‘lgan.

Fransuz OAVlari Durov yakshanba kuni sudya huzuriga chiqishi kerakligi haqida xabar berishdi.

Biroq Bloombergning Fransiya sud tizimidagi manbasi Durovning dushanba kuni sudga kelishi va uning hibsda saqlash muddati yana 24 soatga uzaytirilishi mumkinligini inkor etmadi.

Fransiya qonunchiligiga ko‘ra, polisiya shaxsni bir sutkaga ushlab turishi, keyin esa bir marta bu muddatni yana 24 soatga uzaytirishi mumkin, dedi Bloomberg manbasi.

TF1 nashri tergovchiga tayanib yozishicha, prokurorlar uni hibsga olishni so‘rashadi, chunki ular mamlakatdan osongina qochib ketishiga ishonadilar. Buning uchun Durovda barcha imkoniyatlar mavjud: samolyot, pasport va katta miqdorda pul.

Fransiya rasmiylari Durovning hibsga olingani haqida hozircha hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Rossiya davlat agentligining TASS xabariga ko‘ra, Parij prokuraturasi 26 avgust, dushanba kuni sodir bo‘lgan voqealar haqida qo‘shimcha ma’lumot berishga va’da bergan. «To‘liq matbuot bayonoti ertaga e’lon qilinadi», dedi agentlikka prokuratura vakili.

Yakshanba kuni kechqurun Telegram Durovning hibsga olinishi haqidagi ma’lumotlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi. Unda aytilishicha, ijtimoiy tarmoq «Evropa Ittifoqi qonunlariga mos keladi» va uning moderasiya tamoyillari sanoat standartlariga javob beradi va «doimiy ravishda takomillashmoqda».

“Telegram rahbari Pavel Durovning yashiradigan hech narsasi yo‘q va u tez-tez Yevropa bo‘ylab sayohat qiladi. Ushbu platformani suiiste’mol qilish uchun platforma yoki uning egasi javobgar, deb aytish bema’nilikdir», - dedi messenjer.

«Biz ushbu vaziyat tezda hal qilinishini kutamiz», deb yozadi Telegram.

Durovning hibsga olinishi yakshanba kuni tushdan keyin kuchli reaksiyaga sabab bo‘ldi.

Ilon Mask o‘z navbatida, Durovni qo‘llab-quvvatladi va so‘nggi paytlarda u bilan yomon munosabatda bo‘lgan Yevropa Ittifoqini so‘z erkinligini buzganlikda ayblash imkoniyatini qo‘ldan boy bermadi.

Buning sababi, Mask Tvitterni sotib olgach, avvallari munosib muhokama qilish qoidalarini buzgani uchun taqiqlangan personajlarni platformaga qaytardi. Avvalo, Donald Tramp, uning nomzodini Mask AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida qizg‘in qo‘llab-quvvatlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!