Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari xavfsizlik bo‘yicha konferensiya uchun Hindistonga jo‘nab ketishmoqda, deb yozadi The Economic Times. Hindiston hukumati bunday tadbirga birinchi marta mezbonlik qilmoqda.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Tojikiston va O‘zbekiston vakillari 28-29 avgust kunlari Hindistonga jo‘nab ketishadi. Anjumanda, birinchi navbatda, terrorizmga qarshi kurash, shuningdek, tranzit va transport koridorlari faoliyati masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan. Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston allaqachon «Shimol-Janub» koridoridan foydalanib, Eronning Chabahor porti orqali Hindistonga tovar jo‘natib kelmoqda.

Hindiston va Markaziy Osiyo davlatlari Afg‘oniston va Pokistonda ekstremizm kuchayishi mumkinligidan xavotirda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!