Netanyaxu G‘azo masalasi bo‘yicha Isroil delegasiyasi bilan mojaroga bordi

Netanyaxu G‘azo masalasi bo‘yicha Isroil delegasiyasi bilan mojaroga bordi

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish va garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokara olib borayotgan Isroil delegasiyasi a’zolari bilan kelishmovchilikka bordi. Bu haqda Reuters manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Netanyaxu Isroilning Falastin anklavini Misrdan ajratib turuvchi Filadelfiya yo‘lagi ustidan harbiy nazorati bo‘yicha yon berishdan bosh tortdi, delegasiya a’zolari esa bu pozisiyani yumshatishni so‘ramoqda.

Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir Isroil harbiy pozisiyalaridan birini bir necha yuz metrga siljitishga rozi bo‘lgan, biroq ayni paytda uzunligi 14 kilometrga yaqin bo‘lgan chegara ustidan nazoratni saqlab qolishni talab qilmoqda. Netanyaxu muzokaralar guruhining uni tark etishga tayyor bo‘lgan ayrim a’zolarining bosimiga qaramay, bu shartlar saqlanishini talab qilmoqda.

Avvalroq Isroil delegasiyasi Qohiraga garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun kelgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!