Durovning hibsga olinishi: Toncoin kriptovalyutasi narxi 20 foizga pasaydi

Durovning hibsga olinishi: Toncoin kriptovalyutasi narxi 20 foizga pasaydi

Pavel Durov hibsga olinganidan keyin Toncoin kriptovalyutasi narxi 20 foizga pasaydi.

Coinmarketcap ma’lumotlariga ko‘ra, kriptovalyutaning narxi bir Toncoin uchun 5.33 dollargacha arzonlashgan, bu 24 avgustdagidan 20 foizga kam.

Toncoin'ning umumiy kapitallashuvi 1.97 milliard dollarga tushib ketdi va u qisqa vaqtga kapitallashuv bo‘yicha eng yaxshi 10 kriptovalyuta ro‘yxatini tark etdi. Oradan bir oz vaqt o‘tgach, Toncoin o‘zini qisman tikladi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, bir Toncoin narxi 5.50 dollarga yetib, kriptovalyuta kapitallashuvi bo‘yicha yetakchi o‘nlikka qaytgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!