Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

Homiladorlikda tishlarni davolatish mumkinmi?

🤰🏻Homiladorlik — ayol organizmida katta o‘zgarishlar yuz beradigan palla. Xususan, bu davrda tishlar va milk bilan bog‘liq ayrim muammolar paydo bo‘lishi mumkin.

❓Xo‘sh, bunday paytda ayollar tishlarini davolatishi mumkinmi?

👨‍⚕️Ushbu savolga oliy toifali shifokor Miravzal Irxanov javob berdi.

🦷 — Homiladorlikda tishlar va milklarning yaxshi parvarish qilinishi juda muhim, — deydi mutaxassis. — Chunki mazkur holat umumiy salomatlikka ham ta’sir ko‘rsatadi.

📌Aytish lozimki, bu davrda gormonal o‘zgarishlar tufayli milk va tishlar sezuvchan bo‘lib qoladi. Oqibatda milklar yallig‘lanib, tez-tez qonaydi. Yallig‘lanish (gingivit) homiladorlarda juda keng tarqalgan kasallik bo‘lgani bois, tishlarnio‘z vaqtida davolatish va profilaktika choralarini ko‘rish zarur.

❇️ Agar bu muammolar tezda bartaraf etilmasa, ular yanada jiddiyroq kasalliklarga sabab bo‘lishi, jumladan, parodontit — milkning og‘ir yallig‘lanishi va tishlarning tushishiga olib kelishi mumkin.

🔴 Albatta homiladorlikda tishlarni davolatish mumkin, biroq buning uchun ayrim qoidalarga rioya qilish maqsadga muvofiq.

🖇 Ayniqsa, birinchi uch oylikda har qanday davolanishni kechiktirish tavsiya qilinadi. Sababi bu davr homila uchun eng muhim rivojlanish pallasi hisoblanadi.

🖇 Ikkinchi uch oylik esa, aksincha tishlarni davolatish uchun qulay va xavfsiz davrdir. Boisi bu vaqtga kelib, homilaning asosiy organlari shakllanib ulguradi.

🖇 Uchinchi uch oylikda ham davolanishni imkoni boricha kechiktirish yoki yengil tartibda o‘tkazish kerak. Qolaversa, uzoq muddatli muolajalar yoki og‘ir operasiyalardan qochish maqsadga muvofiq. Sababi bu holat ayolning umumiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

🔬 Shuningdek, qoidalarga ko‘ra, homiladorlik paytida rentgen nurlaridan qochish tavsiya etiladi. Lekin zamonaviy rentgen apparatlari kichik dozada nur tarqatishini inobatga olsak, agar tishlarni rentgen qilish zarurati tug‘ilsa, buni maxsus himoya vositalaridan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.

💊 Bu davrda tishlarni davolashda ishlatiladigan anesteziya vositalari va dorilarga ham alohida e’tibor berish lozim. Shifokorlar odatda homila uchun xavfsiz bo‘lgan anesteziya vositalarini tanlaydi. Biroq, har qanday davolanish oldidan ayol homilador ekanligi haqida stomatologga xabar berishi zarur.

🪥 Qolaversa, bu davrda tishlarni kundalik tozalash juda muhim. Tishlar va milklarni yuvish uchun yo‘g‘on cho‘tkalar va tish iplaridan foydalanish kerak. Shu bilan birga, iste’mol qilinadigan dori vositalarini stomatolog yoki terapevt bilan maslahatlashgan holda amalga oshirish lozim.

🥗 Taomlanishda esa kalsiy va vitaminlarga boy oziq-ovqatlarni iste’mol qilish tavsiya qilinadi. (https://telegra.ph/file/d8e340b22c3b0903b145d.png)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!