Ukrainadagi urush Hindistonning “olmos shahri” ga ta’sir qilmoqda

Ukrainadagi urush Hindistonning “olmos shahri” ga ta’sir qilmoqda

Hindistonning "olmos shahri" sifatida tanilgan Surat Rossiyaning Ukrainada harbiy harakatlar boshlashi oqibatida jiddiy moliyaviy inqirozni boshdan kechirmoqda. Soha bo‘yicha ko‘plab mahalliy ishchilar ishdan ayrildi va hayot kechirish uchun kurashmoqda. Shaharda o‘z joniga qasd qilishlar soni ortib bormoqda.

Gap shundaki, 2022 yilning mart oyida Yevropa Ittifoqi va G7 davlatlari Rossiya olmoslarini uchinchi davlatlar orqali olib kirishni taqiqlab, Hindiston olmos sanoati tomonidan qo‘llaniladigan asosiy xomashyoga ehtiyojni cheklab qo‘ydi. Hindistondagi xom ashyoning 30% dan ortig‘i Rossiyaning “Alrosa” kompaniyasining konlaridan ta’minlangan. Natijada, Hindiston olmos savdosining deyarli uchdan bir qismini yo‘qotdi va uning uchta eng yirik mijozi (AQSH, Xitoy va BAA) mamlakatdan olmos sotib olishni sezilarli darajada kamaytirdi.

Hindiston olmos sanoatida 600 000 dan ortiq kishi ishlaydi, Surat shahri esa uning markazi hisoblanadi. Suratda ishlaydigan mutaxassislar dunyodagi olmoslarning 80 foizini kesish va sayqallash bilan shug‘ullanadi. Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi keskinlik sababli bu yerda minglab ishchilar ishdan ayrildi yoki ish haqi keskin kamayishiga duch keldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!