Ukraina prezidenti Hindiston OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi

Ukraina prezidenti Hindiston OAV vakillari bilan matbuot anjumani o‘tkazdi

Vladimir Zelenskiyning ushbu matbuot anjumanidagi asosiy bayonotlari:

◾️ Rossiya Xarkovni bosib olmoqchi edi, lekin biz bu operasiyani to‘xtatdik. Ularning keyingi qadami Sumi edi;

◾️ Kursk operasiyasi yirik harbiy-siyosiy va harbiy-diplomatik operasiyaning bir qismidir. Buning natijasini keyinroq ko‘rasiz;

◾️ Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimlari qayerda joylashganini bilamiz. Ular asosan Putinning qarorgohlari atrofida, Moskva va Sankt-Peterburg atrofida joylashlashtirilgan, lekin kichik shaharchalarda, masalan, biz borgan Kursk viloyatidagi kabi hududlarda hech narsa yo‘q;

◾️ Hindiston Rossiya bilan savdoni kamaytirish orqali “Putinning urush iqtisodiyoti” ni milliardlab dollar daromaddan mahrum qilishi mumkin;

◾️ Biz turli xil tinchlik takliflarini muhokama qilishga tayyormiz. Lekin biz hududlarimizni, xalqimizni, qadriyatlarimizni, erkinlik va demokratiyani tinchlikka almashtirmaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!