Britaniyada erkak arilar to‘dasi hujumiga uchradi va...

Britaniyada erkak arilar to‘dasi hujumiga uchradi va...

Britaniyada Endryu Pauell ismli 57 yoshli erkak arilar to‘dasi hujumi oqibatida halok bo‘lishiga bir baxya qoldi. Arilar uni 240 marotaba chaqqan, deb xabar beradi Sky News.

Qayd etilishicha, ushbu holat erkak velosipedda sayr qilib, uyiga qaytayotganida sodir bo‘lgan. Kutilmaganda unga arilar hujum qilgan. Uning aytishicha, bir necha soniya ichida hasharotlar uning boshidan oyog‘igacha chaqib tashlagan. Sarosimaga tushib qolgan Endryu uyiga kirib, arilarni vannadagi suv bilan yuvib tashlashga uringan, ammo hasharotlar shu qadar ko‘pligidan xona ularga to‘lib qolgan.

Pauell bir amallab do‘stiga qo‘ng‘iroq qilishga muvaffaq bo‘lgan, u esa zudlik bilan tez yordamga murojaat qilgan. Erkak aynan shu sabab omon qolganini ta’kidlagan. Agar o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmaganida u shifoxonaga ham yetib bora olmas edi, chunki Endryu yo‘l-yo‘lakay bir necha bor hushini yo‘qotgan.

Nashrga ko‘ra, hujumga shu yaqin atrofda ari uyasi vayron qilingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!