Budapesht 2036 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga tayyorligi ma’lum qilindi

Budapesht 2036 yilgi Olimpiadani o‘tkazishga tayyorligi ma’lum qilindi

Vengriya bosh vazirining aytishicha, Budapesht 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilishga tayyor.

Ushbu o‘yinlarni o‘tkazish uchun shuningdek Polsha, Turkiya, Hindiston va Indoneziya da’vogarlik qilmoqda.

"Biz bu yilgi Olimpiadani ham o‘tkaza olardik, agar istasak 2036 yilgi Olimpiya o‘yinlarini ham tashkil eta olamiz.

XOQ prinsiplariga ko‘ra, Budapesht va Vengriyadan boshqa mos joy bor deb o‘ylamayman. Dunyoning xech bir mamlakatida Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazish uchun Vengriyadek zamonaviy sport inshootlari yo‘q.

Bizda barchasi bor. Ba’zi kichik zallarga ishlov berishimiz kerak - va siz xush kelibsiz. Uzoq yillar davomida Vengriyada Olimpiada o‘tkazish haqida o‘ylab bo‘lmasdi, chunki mamlakat bunga mos holatda emasdi. Lekin hozir vaziyat o‘zgargan", - dedi Vengriya bosh vaziri Viktor Orban.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!