Isroilda keyingi 48 soat davomida favqulodda holat e’lon qildi

Isroilda keyingi 48 soat davomida favqulodda holat e’lon qildi

Isroil mudofaa vaziri Yoav Galant mamlakatda keyingi 48 soat davomida favqulodda holat e’lon qildi.

Qaror Isroil harbiylari ertalab Livanga «oldindan zarbalar» uyushtirganidan so‘ng qabul qilindi va Hizbulloh Bayrutdagi harakat qo‘mondoni Fuad Shukurning o‘ldirilishiga javoban javob operasiyasini e’lon qildi.

Isroil Mudofaa vazirligi Galant «orqadagi vaziyat» tufayli favqulodda holat e’lon qilganini ta’kidladi.

Tel-Aviv va Isroil shimolida ayrim cheklovlar joriy qilingan
Hizbulloh bilan keskinlik kuchaygani sababli Tel-Avivda, shuningdek, Isroilning shimoliy hududlarida ham ayrim cheklovlar joriy qilingan.

Shu munosabat bilan ochiq joylarda 30 dan ortiq va yopiq joylarda 300 dan ortiq odamning to‘planishi taqiqlanadi. Bundan tashqari, Livan chegarasi yaqinidagi plyajlarga kirish imkoni bo‘lmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!