Frans Ferdinand 270 mingdan oshiq turli xil jonivorlarni o‘ldirgan

Frans Ferdinand 270 mingdan oshiq turli xil jonivorlarni o‘ldirgan

Avstriya ersgersogi Frans Ferdinand ovni yoqtirgan. O‘z umri davomida u 270 mingdan oshiq turli xil jonivorlarni o‘ldirgan. U xizmatkorlari bilan ov qilgan, ular unga miltiqni zaryadlab uzatgan. Bu ersgersogga to‘xtovsiz ravishda harakat qilgan har qanday ob’ektni otish imkonini bergan.

1914-yil 28-iyulda Sarayevo bo‘ylab safari chog‘ida Avstriya taxti vorisi Frans Ferdinand Serbiyaning "Qora qo‘l" yashirin terroristik tashkiloti a’zosi Gavrila Prinsip tomonidan otib o‘ldiriladi. Bu esa Avstriyani Serbiyaga urush ochishiga bahona bo‘ladi. Natijada millionlab insonlarning umriga zomin bo‘lgan Birinchi jahon urushi boshlanib ketadi...


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!