Foto: Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi

Foto: Toshkentdagi «Ezidyor» to‘yxonasini buzish ishlari boshlandi

Tashkent City qurilishi rejalashtirilgan hududda joylashgan «Ezidyor» to‘yxonasida buzilish ishlari boshlandi. Shuningdek, to‘yxonaga yondash joylashgan «Bellona» mebellar saloni va boshqa binolar ham buzilmoqda.

«Kun.uz» fotomuxbiri voqea joyida bo‘lib, jarayon tasvirlarini uzatdi.

Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududidagi to‘yxona buzilishi haqida aprel oyida ma’lum qilingandi. Shuningdek, ushbu tuman hududida joylashgan yana bir ob’ekt - «Mumtoz» tantanalar zali ham «Suzuk ota» ziyoratgoh-majmuasi qurilishi doirasida buziladi.

Biroz avvalroq Toshkent shahar hokimiyati «Ezidyor» to‘yxonasining egasiga «Versal» berilishi, «Mumtoz» to‘yxonasi rahbariyatiga mulklarining buzilishi tufayli Toshkent shahar hokimiyati balansida bo‘lgan «Sayohat» restorani berilishi ma’lum bo‘lgandi.

Ma’lumot uchun, «Suzuk ota» ziyoratgoh-majmuasi 2018 yil sentyabrida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Tashkent City’ning qurilishi esa 2021 yilga qadar davom etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!