Fojia! Surxondaryoda shifokorlarning xatosi tufayli homilador ayol vafot etdi

Fojia! Surxondaryoda shifokorlarning xatosi tufayli homilador ayol vafot etdi

Lola Azizova (ism, familiyalari o‘zgartirilgan) turmush o‘rtog‘i Rustam Inotov (ism, familiyalari o‘zgartirilgan) bilan ne-ne niyatlarda turmush qurdi. Alloh ularga farzand kutishdek ajoyib bir ne’matni ham ato etdi, ammo ming afsuski tibbiyot xodimlarining beparvoligi sabab uning hayoti tug‘ruq jarayonida fojea bilan tugadi.

Aslida voqea bunday bo‘lgandi. Lola Azizova turmush o‘rtog‘i bilan bir necha yillardan buyon Toshkent shahrida yashayotgandi, o‘sha yerda homiladorligi bo‘yicha hisobda turib, barcha tibbiy ko‘riklardan o‘tgandi, pandemiya boshlanib, karantin e’lon qilinganligi sababli Oltinsoy tumaniga qaytib keldi va kelganidan so‘ng Denovda 2 marotaba, Sho‘rchi tumanida 1 marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tgandi, uning sog‘ligi yaxshi edi.

Lola Azizovaning oy-kuni yetgandan so‘ng, uni onasi, qaynonasi va turmush o‘rtog‘i birgalikda Oltinsoy tumani tug‘ruq bo‘limiga olib kelishdi. Shifokorlar Said Avazov va ( ism, familiyalari o‘zgartirilgan), Adiba Hafizova ( ism,familiyalari o‘zgartilgan, akusher ginekolok) lar Lola Azizovaning ahvoli yaxshi ekanligini, xudo hohlasa eson-omon farzandini qo‘liga olishi mumkinligini aytgandan so‘ng xotirjam bo‘lishdi.

Shifokorlar Said Avazov va Adiba Hafizovalar tomonidan homilador Lola Azizovaning almashuv kartasida uning qon guruhi kam uchraydigan OaB (I) Rh-manfiy rezus faktorli ekanligi ko‘rsatilgan bo‘lsada, bunga e’tibor qaratmasdan, ushbu toifadagi qon zaxirasini topish choralarini ko‘rmaganligi, zudlik bilan bemorning umumiy qon, bioximik va siydik tahlili natijalarini olib, mutaxassislarni chaqirtirib, bemorni ko‘rikdan o‘tkazmaganligi, ko‘rik va tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda tug‘ruq rejasini ishlab chiqmaganligi natijasida homilador Lola Azizovaga noto‘liq tashxis qo‘yilganligi oqibatida Lola Azizovada tug‘ruqdan so‘ng qon ivimasligi tufayli qon ketishi to‘xtamasligi holati kuzatilishiga, bemorda bachadonni olib tashlash operasiyasini o‘tkazish jarayonida o‘z vaqtida ushbu guruh va rezus faktordagi qon zaxirasi tayyorlab qo‘yilmaganligi, ushbu turdagi qon topilguniga qadar qon plazmasi quyilmaganligi natijasida homilador Lola Azizovaning ichki qon ketishidan vafot etishiga sababchi bo‘lgan.

Balki shifokorlar tomonidan homilador Lola Azizovaning qon guruhi rezus manfiyligiga ertaroq e’tibor qilib, zarur choralar ko‘rilganida balki bir insonning taqdiri saqlab qolingan bo‘larmidi.

Sud, sudlanuvchilar Said Avazov va Adiba Hafizovalar aybiga iqror, qilmishidan pushaymonligini jazoni yengillashtiruvchi holatlar deb topib, ularning harakatlarida jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar yo‘q deb hisoblab, O‘zbekiston Respublikasi JKning 116-moddasi 3-qismi bilan, shu Kodeksning 45-moddasini qo‘llab, 1 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni tibbiyot sohasidagi vazifalarda ishlash huquqidan mahrum qilib, 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinladi.

Ilhom Abrayev, Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining raisi

Nilufar To‘rayeva, Surxondaryo viloyat sudining jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘yicha bosh konsultanti


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!