Fojia: restoranda ovqatlangan 174 kishi zaharlandi

Fojia: restoranda ovqatlangan 174 kishi zaharlandi

Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligining Kasalliklar profilaktikasi va davlat sanepidnadzor departamenti To‘qmoqdagi restoranda yuz bergan ommaviy zaharlanish sabablarini aniqladi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar qilishicha, tibbiy yordam so‘rab 174 kishi murojaat qildi, ulardan 78 nafari shifoxonaga yotqizildi. 9 iyul kungi holatga ko‘ra, 10 kishi davolanishda davom etmoqda.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, bu holatda ovqatning salmonella infeksiyasi bilan zaharlangani ma’lum bo‘ldi. Bu laboratoriya tahlillari natijalari bilan isbotlandi. “Kasallarning 48 foiz klinik materiallarida Salmonella enteritidis aniqlandi“, - deyiladi xabarda.

“Megapolis” restorani nosozliklar bartaraf etilgunga qadar To‘qmoq sanepidemstansiyasi qaroriga ko‘ra berkitildi.

29 iyun kuni To‘qmoqdagi “Megapolis” restoranida to‘y marosimi o‘tayotgan bir vaqtda ommaviy zaharlanishlar qayd qilindi. Bayramga 256 kishi taklif qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!