Firibgarlar endi "Notcoin"ga o‘tishdi

Firibgarlar endi "Notcoin"ga o‘tishdi

Toshkent shahrida yashovchi 22 yoshli X.X. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan jami 200.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Qashqadaryo shahrida yashovchi T.Z. sodir etganligi aniqlangan.

Unga ko‘ra, gumonlanuvchi T.Z., jabrlanuvchi X.X. bilan instagram ijtimoiy tarmog‘i orqali tanishgan va X.X.ga o‘zini "telegram Notcoin" sotishini aytib uni aldab, 20.000 "Notcoin"ni 200.000 so‘m evaziga sotishini aytib, mazkur pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan plastik kartaga o‘tkazib olgan va pullarni o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan T.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
———
⚖️ Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

❗️❗️❗️Agar Sizda ham shunday holat kuzatiladigan bo‘lsa darhol 102 yoki 1102 📞 ishonch raqamlariga murojaat qiling!


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!