FIFA prezidenti koronavirus yuqtirib oldi
FIFA prezidenti Janni Infantino koronavirus yuqtirib oldi, deya yozmoqda tashkilot rasmiy sayti.
Infantinoning dushanba kuni topshirgan test natijasi musbat chiqqan. Qayd etilishicha, FIFA rahbari kasallikni yengil alomatlarda o‘tkazmoqda. U 10 kunlik o‘zini yakkalash tartibiga o‘tkazilgan. Infantino bilan yaqin 10 kun ichida uchrashgan barcha shaxslarga bu haqda ma’lum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Infantino 2016 yildan buyon Xalqaro futbol federasiyani boshqarib kelmoqda. FIFA prezidenti yaqinda Qatarda bo‘lib, JCH-2022ning so‘nggi tayyorgarlik ishlari bilan tanishib qaytgan edi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)