Faxrettin Altun: "Dezinformasiya — qadrsiz, aniq jurnalistika esa qimmatli, mashaqqatli va sharaflidir"

Faxrettin Altun: "Dezinformasiya — qadrsiz, aniq jurnalistika esa qimmatli, mashaqqatli va sharaflidir"

Turkiya Respublikasi Prezident huzuridagi Kommunikasiya boshqarmasi boshlig‘i Faxrettin Altun «Muxbir: Raqamli davrda jurnalistikani qayta ko‘rib chiqish forumi»da nutq so‘zladi.

Altun bugungi kun siyosat maydonida jurnalistlarning o‘rni katta ekanligini ta’kidladi.

«Ilgari Falastinni davlat sifatida tan olishni istamagan ba’zi davlatlar bugun Falastinni tan olishga qaror qilsalar, bunda Turkiyaning diplomatik tashabbuslari bilan bir qatorda bu qirg‘in va zulm sharoitida o‘z kasbini ado etayotgan muxbir va jurnalistlarimizning ham hissasi bor»,

dedi u.

Faxrettin Altun, shuningdek, "Turkiya Aloqa modeli"ga to‘xtaldi.

«Jurnalistlarimizning individual sa’y-harakatlari ta’sirini oshiruvchi asosiy yondashuv Prezidentimiz yetakchiligida ilgari surilgan Kommunikasiya sohasida "Turkiya asri" mazmunini aks ettiruvchi Turkiya aloqa modelidir. Jurnalistlarimizning katta kasbiy muhabbat va qahramonlik bilan ilgari surilgan sa’y-harakatlarini Turk aloqa modelining haqiqat uchun kurashi va adolatli muloqotga da’vatining timsoli sifatida ko‘ramiz»,

deya ta’kidladi Altun.

«Prezidentimiz tomonidan har fursatda kun tartibiga olib keladigan «Yanada adolatli dunyo» qarashlari jurnalistlarimiz tomonidan global va mintaqaviy inqirozli hududlarda jurnalistika nuqtai nazaridan o‘rnak bo‘layotanini ifoda etish aslida haqiqiy e’tirofdir», deya qo‘shimcha qildi u.

Faxrettin Altun bugungi kunda dezinformasiya ko‘payib borayotganini, aniq jurnalistika esa qimmatli, mashaqqatli va sharafli ekanligini qayd etdi:

«Asrimiz afsuski, go‘yo dezinformasiya asri kabidir va bu asrda uzoq muddatdan beri ishlayotgan media tashkilotlari juda ko‘p ish qilishlari kerak. Jamiyatda axborotga bo‘lgan ishonchni qayta tiklash va haqiqatni kuzatishda davom etish bo‘yicha uzoq muddatdan beri ishlayotgan ommaviy axborot vositalarining muhim vazifalari bor. Unutmaylik, dezinformasiya o‘z mohiyatiga ko‘ra arzon va sifatsiz. Aniq jurnalistika esa qimmatli, malakali va mehnat mahsulidir».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!