Farg‘onada 5 yoshli qizchani o‘ldirib, ichki a’zolarini olib ketishgani haqida xabarlar tarqaldi

Farg‘onada 5 yoshli qizchani o‘ldirib, ichki a’zolarini olib ketishgani haqida xabarlar tarqaldi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida Oltiariq tumanida 5 yoshli qizchani o‘ldirib, ichki a’zolari olib ketilganligi haqida audioxabar va fotosurat tarqaldi. Farg‘ona viloyati IIB bu haqda bayonot berdi.

Farg‘ona viloyati IIB shuni ma’lum qiladiki, viloyat hududida yuqoridagi audioxabarda keltirilgan holat sodir etilmagan.

Fuqarolarimizdan bunday asoslanmagan ma’lumotlar ta’sirida qo‘rquv va sarosimaga tushmasliklarini so‘raymiz.

Shu o‘rinda, ayrim hamyurtlarimiz uchun shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro‘sizlantirilishiga, jamoat tartibiga yoki jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi yolg‘on axborotlarni tarqatganlik uchun qonunlarimizda javobgarlik belgilanganligini eslatib o‘tamiz.

Yuqoridagi ovozli xabar ham odamlar orasida vahima va sarosima uyg‘otishga, huquq-tartibot organlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan yolg‘on axborot ekanligini unutmang.

Hozirda asossiz yolg‘on axborot tarqatgan fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritish maqsadida tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!