Farg‘onada 35 nafar bola Janubiy koreyalik jarrohlar tomonidan plastik operasiya qilindi

Farg‘onada 35 nafar bola Janubiy koreyalik jarrohlar tomonidan plastik operasiya qilindi

Farg‘ona viloyati ko‘p tarmoqli bolalar tibbiyot markazida «Sog‘lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi tomonidan bemor bolalarni bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish va jarrohlik yo‘li bilan davolash maqsadida xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Unda Janubiy Koreyaning Yonsey universiteti professorlari hamda «Severance» gospitalining malakali jarrohlari qatnashdi. Bu haqda «Daryo»ning Farg‘onadagi Azizjon Ermatov muxbiri xabar berdi.

Koreyalik mutaxassislar Toshkent pediatriya tibbiyot instituti shifokorlari bilan 400 nafarga yaqin tug‘ma nuqsonlar, kuyish va turli operasiyalar asoratlaridan aziyat chekayotgan bemor bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.

Kam ta’minlangan oilalar farzandlari, «Muruvvat uyi» tarbiyalanuvchilari hamda jiddiy nuqsonli 35 nafar bemor bola Park Byong Yung, Kim Yong Uk, Chang Yong Un kabi koreyalik professorlar ko‘magida operasiya qilindi va sog‘lom hayotga qaytarildi.

manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!