Evropada «ishonchli ma’lumot» bor

Evropada «ishonchli ma’lumot» bor

Evropa Ittifoqi Eron Rossiyaga ballistik raketa yuborganini «ishonchli ma’lumot» deb hisoblaydi.

Evropa Ittifoqi Eron Rossiyaga ballistik raketalar yetkazib berganiga oid dalillarga ega ekanligini va yetkazib berish tasdiqlansa, yangi sanksiyalar qo‘llanilishidan ogohlantirganini aytdi.

«Biz ittifoqchilar tomonidan Eron ballistik raketalarini Rossiyaga yetkazib berishi bo‘yicha ishonchli ma’lumotlardan xabardormiz», — dedi Yevropa Ittifoqi matbuot kotibi Piter Stano.

«Biz buni a’zo davlatlar bilan batafsil ko‘rib chiqmoqdamiz va agar tasdiqlansa, bu yetkazib berish Eronning Rossiyaning Ukrainaga qarshi noqonuniy bosqinchilik urushini qo‘llab-quvvatlashini sezilarli darajada kuchaytiradi».

«Evropa Ittifoqi rahbarlarining yakdil pozisiyasi har doim aniq bo‘lib kelgan. Yevropa Ittifoqi tezkor va xalqaro hamkorlar bilan muvofiqlashgan holda javob qaytaradi, jumladan, Eronga qarshi yangi va muhim cheklov choralari».

Juma kuni Wall Street Journal gazetasining yozishicha, Qo‘shma Shtatlar Yevropa ittifoqchilariga Eron Rossiyaga qisqa masofali ballistik raketalarni yetkazib bergani haqida ma’lumot bergan.

Kreml raddiya e’lon qilmagan va Eron hamkor ekanini aytgan bo‘lsada, Tehron bu xabar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini aytdi.

«Biz Eronning urushning bir tomoniga qurol eksport qilishdagi roli haqidagi da’volarni qat’iyan rad etamiz», dedi tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Nosir Kanani haftalik matbuot anjumanida.

Rossiya 2022 yil fevralida Ukrainada urush boshlaganidan beri Tehron va Moskva yaqinlashdi, Eron o‘zining Shahed dronlarini Rossiya harbiylariga yetkazib berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!