Evrokomissiya Ukrainaga yordam sifatida yana 2,5 milliard yevro ajratdi

Evrokomissiya Ukrainaga yordam sifatida yana 2,5 milliard yevro ajratdi

Evrokomissiya Ukrainaga 2,5 milliard yevro miqdoridagi yordamning navbatdagi transhi ajratdi, dedi Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen.

"Biz 2023 yil uchun muntazam moliyalashtirish bilan 18 milliard yevro ajratishni rejalashtirmoqdamiz. Shoshilinch ta’mirlash va tez tiklanish uchun, bu mamlakatni keyingi rekonstruksiya qilishga yordam beradi", deb yozdi u tvitterda. "Biz Ukrainani qancha vaqt kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz", deya qo‘shimcha qildi fon der Lyayen.

Keyinroq Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Twitter'da yevropalik hamkorlarga yordam uchun minnatdorchilik bildirdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!