Everestga ko‘tarilish yana taqiqlandi

Everestga ko‘tarilish yana taqiqlandi

Nepalda hokimiyat tomonidan karantin cheklovlari joriy etilganligi sababli sayyohlar va mahalliy aholi uchun Everestga ko‘tarilish yana taqiqlandi.

Bu haqda “Himalayan” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, 22 oktyabr kuni Everest yaqinidagi Namche-Bazar qishlog‘ida koronavirus holati tasdiqlangan.

23 oktyabr, juma kuni bir guruh shifokorlar aholini ommaviy tekshirish uchun qishloqqa jo‘nab ketishgan.

Namche Bazar - alpinistlar uchun Everest cho‘qqisiga chiqishda muhim ahamiyatga ega nuqta hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!