ETTBning Londondagi shtab-kvartirasida Navro‘zi olam keng nishonlandi

ETTBning Londondagi shtab-kvartirasida Navro‘zi olam keng nishonlandi

Evropa tiklanish va taraqqiyot banki (ETTB) shtab-kvartirasida Navro‘z bayrami nishonlandi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Unda vatandoshlar, YETTB xodimlari, diplomatik korpus, xalqaro moliya institutlari, kompaniyalari, ilmiy va madaniy doira vakillari ishtirok etdi.

Bayram tantanalarini YETTB prezidenti Odil Reno-Basso tabrik so‘zi bilan ochib berdi va Ipak yo‘lidagi barcha mamlakatlar uchun bahorning boshlanishi va tabiat uyg‘onishining ramzi bo‘lgan Navro‘z tarixi haqida to‘xtaldi.

Tadbir doirasida O‘zbekistonning iqtisodiy, madaniy salohiyatiga bag‘ishlangan burchak tashkil etildi. Unda xalq amaliy san’ati namunalari, Buyuk ipak yo‘li durdonalari haqida ma’lumot beruvchi videoroliklar namoyish etildi.

Bank xodimlari ishtirokida taqdim etilgan konsert dasturida O‘zbekiston va mintaqadagi boshqa davlatlarning milliy raqslari va qo‘shiqlaridan parchalar ijro etildi.

ETTB xodimi Zafar Kamolov Navro‘z Sharq taqvimiga ko‘ra, uyg‘onish va Yangi yilning boshlanishi ekanligini ta’kidladi. "Navro‘z bayramini katta tantana bilan nishonlash Markaziy Osiyo mintaqasiga xos bo‘lgan an’anadir. Ko‘p asrlik ezgu qadriyatlarni o‘zida mujassam etgan Navro‘z O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan turli millat va elat vakillarining umumxalq bayramiga aylangan", dedi u.

Vatandoshimiz Jahongir Kamolovning aytishicha, Navro‘z tabiatdagi uyg‘unlikni ifodalovchi bayram bo‘lib, haqiqatan ham yangilanish va go‘zallik timsoli hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!