Ertaga ob-havoda qanday bo‘ladi?

Ertaga ob-havoda qanday bo‘ladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 14 noyabr kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.
 
Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -5...-3, kunduzi +5...+7 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 3-8 m/sga yetadi.  Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Farg‘ona vodiysida havo  kechasi -5...0, kunduzi 0...+5 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 3-8 m/s tezlikda shamol esib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘lib, havo o‘zgarib turadi, 5-10 m/s tezlikda shamol esadi.
 
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo harorati kechasi -7...-2, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi. Havo biroz bulutli bo‘lib, shamol tezligi 5-10 m/sga yetadi.
 
Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida havo harorati kechasi -5...0, kunduzi +5...+10 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 3-8m/sga yetadi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -13...-8, kunduzi -5...0 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etadi. Havo bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi.
 
Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -13...-8, kunduzi esa -7...-2 daraja bo‘ladi. 3-8 m/s tezlikda shamol esadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!