Polshaga qish qaytdi

Polshaga qish qaytdi

Polsha meteorologiya xizmati Arktika havosining Markaziy Yevropaga kirib kelishi tufayli ogohlantirish e’lon qildi. Mamlakatning aksariyat hududlarida havo sovib ketdi, deb xabar beradi Euronews.

Bir necha hafta oldin Polshada yozgi ob-havo bo‘lgan. Termometr +26 daraja va undan ham yuqoriga ko‘tarilgan.

Biroq, dam olish kunlari mamlakatning ko‘p qismida qish ob-havosi qaytdi. Ayrim hududlarda havo harorati kechasi noldan pastga tushdi. Yomg‘ir va qor aralash yomg‘ir yog‘di.

Meteorologiya xizmati Arktika havosining Markaziy Yevropaga kirib borishi natijasida kunlar sovishidan ogohlantirdi.

Biroq, Polsha aholisi ob-havoning o‘zgarishidan hayratda emas va aprel oyi odatda beqaror oy deb hisoblanishini aytishadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!