Ertaga ayrim viloyatlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

Ertaga ayrim viloyatlarda qor va yomg‘ir yog‘adi

O‘zbekistonda qish kunlari o‘tib boryapti. Ob-havodan qish ekani sezilmayapti. Kunlar quyoshli va nisbatan iliq bo‘lib turibdi.

Gidrometeorologiya xizmati markazi bergan ma’lumotga ko‘ra, ertaga, 7 yanvar kuni mamlakat bo‘ylab quyidagicha ob-havo kuzatiladi.

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida havo harorati kechasi -2...0, kunduzi +10...+12 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Farg‘ona vodiysida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +4...+9 daraja bo‘lishi kutilmoqda. 5-10 m/s tezlikda shamol esib, tuman tushadi.

Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 7-12 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘ib, havo harorati kechasi -3...+2, kunduzi +10...+15 daraja bo‘ladi. 12-17 m/s tezlikda shamol esadi.

Surxondaryo va Qshqardaryo viloyatlarida havo harorati kechasi 0...+5, kunduzi +10...+15 darajagacha ko‘tariladi. Shamol tezligi 5-10 m/sga yetib, yomg‘ir yog‘adi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo harorati kechasi -3...-2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. Shamol tezligi 5-10 m/sni tashkil etib, qor va yomg‘ir yog‘ishi kutiladi.

Qamchiq dovoni va Chimyonda kechasi -10...-5, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi. -5-10 m/s tezlikda shamol esib, qor aralash yomg‘ir yog‘adi.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!