Eronning yangi prezidenti Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi

Eronning yangi prezidenti Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi

Eron prezidenti Masud Pezeshkian Qozondagi BRIKS sammitida qatnashadi va u yerda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin bilan uchrashadi.

Bu haqda Eronning Rossiya Federasiyasidagi elchisi Kazem Jaloliy ma’lum qilgan.

"Ha, u Qozondagi BRIKS sammitida ishtirok etadi, deb o‘ylayman, biz hozir bu tashrif ikki tomonlama munosabatlarimiz uchun foydali va muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz”, — dedi elchi tegishli savolga javob berib. "Munosabatlar, Rossiya yetakchisi janob Putin bilan uchrashuv, shuningdek, boshqa liderlar, Eron jamoatchiligi bilan ikki tomonlama uchrashuvlar va sammitda nutq so‘zlash rejalashtirilmoqda" - deya qo‘shimcha qildi u.

2024 yil 1 yanvardan boshlab BRIKSga raislik yil oxirigacha davom etadi va keng doiradagi 200 dan ortiq tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Raislikning asosiy tadbiri 2024 yil oktyabr oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan BRIKS sammiti bo‘ladi. Eron 2024 yil 1 yanvarda BRIKSga qo‘shildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!