Erondagi zilzilada 664 kishi jarohatlandi, 2 kishi halok bo‘ldi

Erondagi zilzilada 664 kishi jarohatlandi, 2 kishi halok bo‘ldi

Shanba kuni Eron shimoli-g‘arbida 5,9 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 2 kishi halok bo‘lgan, 664 kishi jarohatlangan.

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Sodiq Mutemedianning aytishicha, 16 nafar jabrlanganlar Selmas shahridagi shifoxonaga yetkazilgan, 20 nafari og‘ir jarohatlar bilan Xoy shahridagi shifoxonalarga yotqizilgan, olti nafari operasiya qilingan.

Unga ko‘ra, 70 ga yaqin qishloq zarar ko‘rgan. Zilzila episentridan 30 kilometr radiusni egallagan hududga zararni baholash uchun mutaxassislar guruhi yuborilgan.

Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila o‘chog‘i 6,49 km chuqurlikda bo‘lgan.

Eron seysmologiya markazi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha mahalliy vaqt bilan 21.44 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi 5,9 ballni tashkil qilgan.

Erosti silkinishlari tufayli Xoy shahri va Chaypar okrugidagi maktablarda darslar bekor qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!