Erkak kishi ayol kishini so‘kishi mumkinmi?

Erkak kishi ayol kishini so‘kishi mumkinmi?

Savol: erkak kishi ayol kishini so‘kishi mumkinmi ayniqsa namoz o‘qiydigan kishi.

💬 JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Mo‘min inson kim bo‘lishidan qat’iy nazar so‘kong‘ich bo‘lmasligi kerak. So‘kinish namozxon bo‘lsa, ko‘proq gunoh, namoz o‘qimasa, gunoh bo‘lmaydi degani emas. Abdulloh raziyallohu anhu aytadilar:

 ليس المؤمنُ بالطَّعَّانِ ولا باللَّعَّانِ. ولا بالفاحشِ ولا بالبذيءِ

«Nabiy sallallohu alayhi vasallam: «Mo‘min tahqirlovchi, la’natlovchi, fahsh so‘zlovchi va so‘kong‘ich bo‘lmaydi», dedilar». Boshqa bir hadisda: U Zot sallallohu alayhi vasallam: «Albatta, Alloh fahsh so‘zlovchini, fahsh so‘zlashga urinuvchini hamda bozorlarda baqir-chaqir qiluvchini sevmaydi», dedilar».

أن صحابيًا جليلًا جاء يطلب الوصية من رسول الله صلى الله عليه وسلم وهو أبو جُرَيّ جابر ابن سليم الهُجَيْمي رضي الله عنه قال: قلتُ يا رسول الله اعْهَدْ لِي! -أي أوصني وانصحني-، قال: «لَا تَسُبَّنَّ أَحَدًا» قَالَ: فَمَا سَبَبْتُ بَعْدَهُ حُرًّا، وَلَا عَبْدًا، وَلَا بَعِيرًا، وَلَا شَاةً" (رواه أبو داود).

Jobir ibn Sulaym al-Hujaymiy raziyallohu anhu aytadilar: "Ey, Allohning Rasuli! Menga nasihat qiling", dedim. U Zot alayhissalom: "Biror kishini so‘kmang", dedilar. O‘shandan beri na bir hurni va na bir qulni, na tuyani, na qo‘yni so‘kmadim" (Imom Abu Dovud rivoyati).

Agar ayolida itoatsizlik holatlari kuzatiladigan bo‘lsa, unga chiroyli nasihat qilish kerak. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo hay’ati. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!