Erdo‘g‘on: "Shvesiya NATOga a’zo bo‘lish uchun Turkiyadan yordam kutmasin"

Erdo‘g‘on: "Shvesiya NATOga a’zo bo‘lish uchun Turkiyadan yordam kutmasin"

Shvesiya NATOga kirish uchun Turkiyadan yordam kutmasligi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi.

Stokgolmda bo‘lib o‘tgan Qur’onni yoqish harakati Turkiyada katta rezonans uyg‘otdi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi bu harakatni qoraladi va Shvesiyani NATOga a’zolikka veto qo‘yishi haqida ogohlantirdi. Hozir davlat rahbari voqeaga izoh berdi.

Turkiya prezidenti bu harakatdan noroziligini bildirib, buni nafaqat musulmonlar, balki butun xalq uchun haqoratomuz, deb atadi. "Siz terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashda davom etasiz va NATOga a’zo bo‘lish uchun qo‘llab-quvvatlashni kutyapsiz. Bu ish bermaydi. Shvesiya endi bizdan bu yordamni kutmasligi kerak", - dedi Erdo‘g‘on.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!