Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Kiyevga tashrif buyurdi

Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Kiyevga tashrif buyurdi

AQSh Davlat kotibi Entoni Blinken va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Devid Lemmi Kiyevga tashrif buyurdi.

“RBK-Ukraina” nashrining yozishicha, bu ikki amaldorning so‘nggi yillardagi birinchi bunday safaridir.

"Blinken jang maydonidagi vaziyat bilan tanishib, Ukraina ehtiyojlarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda", — deya xabar qildi Oq uy maslahatchisi Jon Kirbi.

Katta ehtimol bilan bugun Blinken Rossiyaning ichki hududlaridagi nishonlarga zarba berishda Amerika qurollarini qo‘llash bo‘yicha AQSh tomonidan ruxsat berilishini e’lon qilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!