Ekspert oilalarda kelib chiqayotgan ziddiyatlarning asl sababini ma’lum qildi

Ekspert oilalarda kelib chiqayotgan ziddiyatlarning asl sababini ma’lum qildi

Oila masalasi juda nozik. O‘rni kelganda bir og‘iz o‘ylamay aytilgan gap, ortiqcha aralashuv ham bu muqaddas qo‘rg‘onning darz ketishi, oiladagi nizolarning chuqurlashuviga sabab bo‘lishi mumkin.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “Oila” ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan davra suhbati oila munosabatlari tahlilida to‘g‘ri yondashuvni tanlash masalalariga bag‘ishlandi. Aniqrog‘i, OAVda oila masalalariga bag‘ishlangan axborotlarni tizimli ravishda sifatli yo‘lga qo‘yish strategiyasi ishlab chiqilib, bu borada bir necha samarali takliflar o‘rtaga tashlandi.

“Oilada aksariyat ziddiyatlar, kelishmovchiliklar, ajrimlar ko‘p hollarda oila huquqini bilmaslikdan kelib chiqadi. Bu borada, ayniqsa, chekka-cheka hududlarda hatto, qonuniy nikohsiz yashab kelayotgan oilalarga huquqiy masalalarda yordam beruvchi chora-tadbirlar, media loyihalar ishlab chiqilsa, samarali natijaga ega bo‘lishimiz mumkin. Chunki, oiladagi ko‘pgina nizolar, ziddiyatlar aynan o‘z huquqlarini bilmaslikdan ham kelib chiqadi. Shu bois, bu kabi dasturiy rejalar hamkorlikda ishlash, oilaga yanada yaqinroq kirib borishga yordam beradi”, – deydi Toshkent davlat yuridik instituti dosenti Umida Shoahmedova.

Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston elektron OAV Milliy assosiasiyasi kabi jamoat tashkilotlari vakillari bu masalaga birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan yechim topish mumkinligini ta’kidladilar. Seminarda so‘z olgan olimlar, psixologlar, professor-o‘qituvchilar, soha mutaxassislari, OAV xodimlari bu borada jurnalist etikasi, odob-axloq me’yorlari va boshqa insoniy tamoyillarga rioya etish oilalar tinchligi hamda barqarorligida muhim ahamiyat kasb etishi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi.

Xs.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!