Ekaterinburglik futbol fanati firibgarlikka duch keldi

Ekaterinburglik futbol fanati firibgarlikka duch keldi

Futbol ishqibozi Yevgeniy Strugov Misr va Urugvay o‘rtasida o‘tgan matchni tomosha qilish uchun chipta sotib olgan. Ammo chiptada ko‘rsatilgan joy o‘yingohda mavjud bo‘lmagan.

— Chiptani Passaj markazida sotib oldim, — dkdi Yevgeniy. — Mutasaddilarga yo‘q joyga chipta sotishganini aytganimda, meni ayblay boshlashdi. Vaholanki, polisiyachilar chiptani ham, shaxsimni tasdiqlovchi hujjatni ham ikki martalab nazoratdan o‘tkazishgan…

Eslatib o‘tamiz, Urugvay hamda Misr termalari o‘rtasidagi matchga keragidan sezilarli darajada kam tomoshabin tashrif buyurgan. Ayni paytda bu ish bilan FIFA mutasaddilari shug‘ullanishmoqda. Aytishlaricha, Yekaterinburgdagi «Arena» o‘yingohi aslida 35 ming tomoshabinga mo‘ljallangan. Bu matchga esa 27 ming kishi chipta sotib olgan.

Manba: hordiq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!