“E-auksion” elektron savdo platformasida so‘ngi 5 yilda sotilgan mulklar esa qariyb 100 barobar oshdi

“E-auksion” elektron savdo platformasida so‘ngi 5 yilda sotilgan mulklar esa qariyb 100 barobar oshdi

AOKAda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbariyati va mutasaddilari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida xususiylashtirish va davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan ma’lumot berildi.

O‘zbekiston Prezidentining tegishli qarori ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar doirasida 1 001 ta korxonadagi davlat ulushlari ommaviy savdoga chiqariladi.

Shuningdek, 1 046 ta ko‘chmas mulk ob’ektlarini ommaviy savdolarga qo‘yiladi.

Shu bilan birga, yangi kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ob’ektlarni sotishga tayyorlash muddati 80 kundan 48 kunga qisqartiriladi hamda 2 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan ob’ektlarni fuqarolarning buyurtmasi asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoga chiqarishga ruxsat beriladi.

Yana bir muhim jihat, 40 ta korxonaning aksiya paketlari bilan “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkaziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!