DXX raisi O‘zbekiston futboliga rahbar bo‘ladi

DXX raisi O‘zbekiston futboliga rahbar bo‘ladi

Ma’lumki, bugun, 15 iyul kuni O‘zbekiston futbol assosiasiyasining navbatdan tashqari Konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Konferensiyada O‘FAga yangi prezident saylandi.

Toshkent shahridagi “Radisson BLU” mehmonxonasida soat 15:00da boshlangan konferensiyada ma’lum bo‘lishicha,  O‘zbekiston futbol assosiasiyasiga Davlat xavfsizlik xizmati raisi, general-leytenant Abdusalom Abdumavlonovich Azizov nomzodi ko‘rsatiladi. Abdusalom Azizov O‘FAda amaldagi prezident Ochilboy Ramatov o‘rnini egallaydi.

Ma’lumot o‘rnida, Abdusalom Azizov DXX boshiga kelguniga qadar lavozimidan ozod etilgan Ixtiyor Abdullayev o‘rnini egallagan edi. Abdusalom Azizov  1960 yil 20 yanvar kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2005-2006 yillar- Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i, 2006-2006 yillar - „O‘zbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi raisi, 2006-2008 yillar - „O‘zneftmahsulot“ aksiyadorlik jamiyati raisi, 2008-2009 yillar - O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston Futbol Federasiyasi vise-prezidenti, 2009-2017 yillar— Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 2017-2017 yillar— O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, 2017 yil 4 sentyabrdan — O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval FIFA referisi Ravshan Ermatov o‘z hoxishiga ko‘ra ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozgan O‘FA birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonov o‘rniga tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!