Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

Dushanbe shahrida O‘zbekiston-Tojikiston biznes forumi bo‘lib o‘tmoqda

Ikki davlat vazirlik va idoralari, biznes doiralari hamda sanoat birlashmalari vakillari ishtirok etayotgan anjumanda savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamkorlikning bugungi holati va istiqboli muhokama qilinmoqda.

Forum dasturidan o‘rin olgan "Investisiyaviy xamkorlikning yangi yo‘nalishlari" va "Hududlararo hamkorlik" mavzulariga bag‘ishlangan 2 ta panel sessiyalar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan biznes forumda ishtirok etish uchun 100 dan ortiq o‘zbekistonlik tadbirkorlarning Tojikistonga tashrifi tashkil etildi.

Shuningdek, forum doirasida O‘zbekiston va Tojikiston tadbirkorlari o‘rtasida B2B formatidagi uchrashuvlar o‘tkazilib, unda O’zbekiston tadbirkorlari tomonidan mahalliy mahsulotlar xorijiy tadbirkorlarga namoyish etilib, ikki tomonlama hamkorlikni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokaralar olib boriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!