Dunyoning eng munosib o‘lkasi

A A A
Dunyoning eng munosib o‘lkasi

Evropa zulmatli “o‘rta asrlar”ni boshidan kechirayotgan bir paytda - melodiy yil hisobi bo‘yicha 610 sanada Alloh taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni payg‘ambar qilib yuborib Islom nuri bilan olamni munavvar qildi. Alloh taolo o‘sha yili Muhammad sollallohu alayhi vasallamga O‘zining oxirgi ilohiy kitobi Qur’oni Karimni nozil qilishni boshladi.

Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining muborak umrlaridan qirqinchi yilini o‘tkazar edilar. Dunyo jar yoqasiga kelib qolgan davr. Turli razolatlar botqog‘iga botgan insoniyat o‘zini o‘zi o‘ldirishga urinmoqda edi. Butun atrofni johiliyat zulmati qoplagan. Qayoqqa qarasang, harom-xarish, zulm-istibdod, yolg‘on-tuhmat, dushmanlik va jaholat hukm surar edi. 

Insoniyat boshdan-oyoq jaholat botqog‘iga botgan edi. Kishilarning barchasi hozirgiga o‘xshab bo‘lgan-bo‘lmagan, buzuq va aslsiz aqiydalarga e’tiqod qilar edi. Ularning oilaviy, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va siyosiy hayotlarida jabr-sitam, zulmu nohaqlik hukm surar qo‘yingki, inson hayotining har bir sohasida razolat, haqsizlik, jaholat hukmron edi. Insoniyat johiliyatning quyuq zulmatida, qattiq g‘aflat uyqusida yotar edi.

Alloh taolo Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelishlari va oxirgi payg‘ambar bo‘lishlari uchun arab jamiyatini eng munosib deb topdi. Bu jamiyat o‘sha vaqtdagi eng johil jamiyat edi. Chunki bu jamiyat o‘z tarixida yozish-o‘qish, fan-madaniyat, ilm-ma’rifat, dinu diyonat, qonun-qoida, tartib-intizom degan narsalarni bilgan emas. 

Agar mazkur omillarni o‘zida mujassam qilgan xalq ichidan oxirgi zamon payg‘ambari tanlab olinganida odamlar, bu xalq eskitdan hamma narsani bilib kelgan, bu dinni ham o‘zlari o‘ylab joriy qildilar, deyishlari mumkin edi. Bu narsalardan xoli bo‘lgan arablardan o‘zlariga o‘xshagan ummiy shaxsning payg‘ambar bo‘lishi va U zotning rahbarliklarida qisqa muddatda butun dunyoni jaholat botqog‘idan Islom nuriga olib chiqilishi esa ilohiy mo‘’jiza bo‘lar edi.

Arablarning sirtdan nuqson bo‘lib ko‘ringan mazkur sifatlari Alloh taoloning irodasi bilan Islom xizmati yo‘lida fazilatga aylandi. Chunki mazkur omillar tufayli ularning fikriga biror mafkura chuqur o‘rnamagan edi. Bu esa arablarning butun vujudiga Islom ta’limotlarining tag-tubi ila o‘rnashib ketishiga yordam berar edi. Ularning hech kimga bo‘ysunmaganlari Allohdan o‘zgaga ibodat qilmaslik ishida yordam berar edi. Qolaversa, ana shundoq johil xalqning qisqa muddat ichida insoniyatga hidoyat mayog‘i bo‘lib qolishining o‘zi ilohiy mo‘’jiza bo‘lar edi. 

Alloh taolo Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelishlari va oxirgi payg‘ambar bo‘lishlari uchun dunyoning eng munosib o‘lkasi Arabiston yarim orolini tanladi. Bu o‘lka qadimiy payg‘ambarlardan ko‘plariga vatan bo‘lgan o‘lka edi. Idris, Nuh, Hud, Solih alayhissalom shu o‘lkada o‘tgan edilar. Ibrohim alayhissalom shu o‘lkaga Baytullohni qurgan edilar. Muso alayhissalomga shu o‘lkaning Madyan ismli joyida payg‘ambarlik berilgan edi. Bu o‘lkadan Fir’avn va uning qavmining tazyiqiga uchragan yahudiylar panoh topgan edilar. Shuningdek, rimliklarning dushmanligiga duchor bo‘lgan nasroniylar ham bu o‘lkaning Najron nomli joyidan panoh topgan edilar. Alloh taolo bu o‘lkani tabiiy, jug‘rofiy va siyosiy holatlarini ana shundoq ishlar uchun juda ham qulay qilib qo‘ygan edi. 

Alloh taolo Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelishlari va oxirgi payg‘ambar bo‘lishlari uchun dunyoning eng afzal nuqtasi Makkai Mukarramani ixtiyor qildi. Avvalo, bu muqaddas shahar yerning qoq kindigida joylashgan edi. Dunyodagi eng oxirgi, eng mukammal, hamma zamonlar, hamma makonlar, hamma xalqlar uchun ko‘zlangan shariatning markazi aynan ana shundoq joyda bo‘lishi matlub edi.

Eng muhimi, bu shaharda anbiyolarning otasi bo‘lmish Ibrohim alayhissalom o‘g‘illari Ismoil alayhissalomning yordamlarida Alloh taoloning amri ila qurgan Ka’bai Muazzama bor edi. O‘z nav­batida Baytullohni hamma arablar muqaddas hisoblashar edi. Ibrohim alayhissalomning davrlaridan buyon odamlar bu yerga haj qilishar edi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, Islom dinini joriy qilish uchun bundan ko‘ra afzalroq makon bo‘lishi mumkin emas edi.

Zamonga keladigan bo‘lsak, Alloh taolo O‘zining cheksiz hikmati ila Islom payg‘ambari Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning dunyoga kelishlari va oxirgi payg‘ambar bo‘lishlari uchun eng munosib zamonni ixtiyor qildi. 

O‘sha paytda butun dunyoga, barcha insoniyatga atalgan, barcha zamon va makonlarga salohiyati bor, barchaga qiyomatgacha ikki dunyoning baxtini ta’min eta oladigan dinni joriy qilishining ayni zamoni edi.

Anchadan buyon samoviy din yuborilmayotgan edi. Alloh taolo O‘z tarafidan yuborgan samoviy dinlarning barchasi odamlar tomonidan buzilib o‘z kuchini va ta’sirini mutlaqo yo‘qotgan edi. 

Yahudiylik yahudiylar tomonidan shu darajada buzilgan ediki, unga yahudiy bo‘lib tug‘ilmagan odam kira olmas edi. Yahudiylar o‘zlarini Allohning tanlangan xalqi, boshqa xalqlarni o‘zlariga eshak deb e’lon qilgan edilar. Albatta, bundoq din dunyo xalqlariga hech qanday baxt ato etmas edi.

Masiyhiylik bo‘lsa, turli falsafalarga qorishib, tushunib bo‘lmaydigan butparastlikka aylanib qolgan edi. Bu din odamlarning buzg‘unchilik harakati ila tarki dunyo va qoloqlikning jarchisiga aylanib qolgan edi. Albatta, bundoq holat ham talabga javob bermas edi.

O‘sha vaqtda masihiylikning markazi bo‘lgan o‘lkalarida istibdod va zulm avjga chiqqan edi. Kuchli kuchsizni yer edi. Adolat, insonparvarlik, kambag‘al, beva-bechoralarga rahm-shafqat kabi ezguliklar haqida og‘iz ochishga ham o‘rin yo‘q edi.

Butparastlikning ham sharmandasi chiqib, hech kim unga e’tibor bermay qo‘ygan edi. Faqat ota-bobolardan qolgan narsa sifatida mutaassiblik uchungina qaralar edi unga. Turli butparast xalqlarning rahbarlari o‘z imtiyozlarini saqlash uchun xalqlarni butparastlikda majburlab ushlab turishar edi.

Majusiylik hukm surgan Fors, Xuroson va ularga yaqin bo‘lgan o‘lkalarda hayotning barcha sohalarida beboshlik hukm surar edi. Ularda podshoh va hukmdorlar xalqning qonini ichar edilar. Majusiylikning zardushtiylik, monaviylik va mazdakiylik mazhablari insonning insoniyligini yo‘qotish uchun barcha choralarni ko‘rib bo‘lgan edi. Ularda er kishi o‘z onasiga, singlisiga yoki qiziga uylanishi maqtovga sazovor ish hisoblanar edi. Shuning uchun, nasl-nasabning asari ham qolmagan edi. Bundoq tuzum va ta’limotlar insoniyatga biror ezgulik ato qilishi haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas edi.

O‘sha paytdagi keng tarqalgan ta’limotlardan biri hindukiylikka kelsak, ahvol avvalgilardan ham badtar edi. Bu ta’limotga binoan, kishilar turli tabaqalarga bo‘linar edi. Bir tabaqa shoh, boshqasi gado bo‘lib yashashi muqarrar edi. Ibodat sohasida aql bovar qilmaydigan narsalar sodir etilar edi. Hindistondagi ba’zi toifalar orasida hattoki erkak va ayol kishilarning jinsiy a’zolariga ibodat qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Bundoq narsalar insonga nima taqdim qila olishi mumkin?! Bundoq narsalar insoniyat peshonasidagi or emasmi?! 

Arabiston yarim orolidagi shirk va zulmu bemazagarchiliklar haqida gapirib o‘tirmasa ham bo‘ladi. Boshqalar qatori bu yerda ham pastkashlik va razolat o‘zining eng yuqori nuqtasiga chiqqan edi. Haromxo‘rlik, zinokorlik, aroqxo‘rlik, zo‘ravonlik, o‘g‘rilik, qaroqchilik va boshqa razolatlar keng tar­qalgan edi.

Odamlar nimani ko‘rsalar, nimani topsalar —hayvon so‘yilganida oqqan qonmi, harom o‘lgan hayvonning go‘shtimi yoki undan ham battarroq narsami, zo‘r ishtaha bilan yer edilar.

Zinokorlik qilmagan odam ahmoq hisoblanar edi. Zinoning turli-tuman uslublari keng tarqalgan edi. Er o‘z xotinini aslzoda hisoblangan boshqa bir erkakning oldiga olib borib, sendan bolali bo‘lishi uchun xotinim bilan zino qil, deb iltimos qilishi mardlik hisoblanar edi.

Aroqxo‘rlik faxrga oid ish edi. Mardlik va shijoati bilan nom qozongan biron kishi aroq ichib o‘tirganida otasining o‘ldirilganligi haqida xabar kelsa, bugun xamr — ertaga amr, deb arog‘ini ichishda davom etaverar edi.

Johiliy arablar oilasida tug‘ilgan qiz bolani tiriklay ko‘mib yuborishi, qabilasidagi kampirning xasta tuyasini o‘ldirib qo‘ygan boshqa qabila ila yuz yil urush qilishi, o‘z xudosini uyida unutib qoldirganda to‘rvasidagi xurmo mevasini bir-biriga yopishtirib xudo yasab olishi va unga ibodat qilishi, qorni ochganda o‘sha xudosini yeb qo‘yishi oddiy bir holat edi.

Gapning qisqasini aytadigan bo‘lsak, oltinchi melodiy asrning ikkinchi yarmiga kelib dunyo jaholat botqog‘iga to‘la botgan edi. U mazkur botqoqdan chiqishga o‘ta hojatmand edi. 

Dunyo turli tuzum va dinlarning zulmati ichida qolgan edi. U mazkur zulmatdan nurga chiqishga muhtoj edi. 

Dunyo keng tarqalgan zulm va istibdoddan ingrab, adolat nash’asini surishga muhtoj edi. 

Dunyo bandalarning bandalarga yoki o‘zlari qilib olgan soxta xudolarga ibodati ila to‘lgan, u mazkur holatdan qutulib, barchalari Robbisiga ibodat qilishga juda-juda muhtoj edi.

Ana shundoq bir paytda Alloh taoloning irodasi ila bir nur tug‘ildi. Muhammad sollallohu alayhi vasallam payg‘ambarlik vazifasini ado eta boshladilar.

Muhammad sollallohu alayhi vasallamda Makkai Mukarrama yaqinidagi Hiro g‘orida bir yilda bir oy (Ramazon oyida) «tahannus» ibodatida o‘tkazib, borliq va undagi ajoyibotlar haqida tafakkur qilardilar. Qavmlari e’tiqod qilayotgan diyonatdan ko‘ngillari to‘lmasdi. U kishi ochiq-oydin hayotiy yo‘lni izlardilar.

Bundoq tanholikni xohlab qolishlari ham kelajak ishlarni o‘ylab qilingan Allohning tadbiri bo‘lib, bu zotni kelajakda ulkan ishlar kutardi.

(Davomi bor)

«Olam va odam, din va ilm» kitobi asosida tayyorlandi

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Husanovga jiddiy raqobatchi keladi

Франциялик ҳимоячи Ибраима Конате катта эҳтимол билан бу ёзда “Ливерпуль”ни тарк этади.

Prezidentning yangi qarori qabul qilindi

Хориждан наслдор қорамолларни олиб кириш ҚҚСдан озод этилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Rossiyalik sobiq futbolchi JChda O‘zbekistondan nimalar kutayotganini aytdi

СССР терма жамоасининг собиқ футболчиси Андрей Канчельскис 2026 йилги жаҳон чемпионатидан кутаётган натижаларни айтиб ўтди.

AQShda qush uyasi sababli xaridor o‘zi sotib olgan avtomobilga egalik qila olmayapti (foto)

Бу ҳақда Autoblog хабар берди.

Netanyaxu Quddusdagi shifoxonaga yotqizildi

Исроил бош вазири кеча тунда Қуддусдаги “Хадасса Эйн-Карим” шифохонасига стоматологик муолажа учун ётқизилди.

Shohjahon Ergashev: "Shahramning jangini ko‘rib, shuni tushundim-ki..."

Супер енгил вазн тоифасида IBF камари учун ўзбекистонлик собиқ даъвогар Шоҳжаҳон Эргашев WBA Regular камари учун жанг қилган ҳамюртимиз Шаҳрам Ғиёсов ҳақида гапирди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

"Dunyo haqiqatni bilishi kerak "

Россия ТИВ вакили терракт жойига келган хорижий журналистларнинг фикрларини ҳам келтирди

Fabio Kannavaro O‘zbekiston terma jamoasidagi eng katta yo‘qotish qaysi futbolchi ekanini aytdi

Ўзбекистон миллий жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро «Марказий сектор» лойиҳасига берган интервюсида таркибдаги энг катта йўқотиш ҳақида гапирди.

O‘zbekistonda iyunda anomal issiq oqibatida harorat +47° gacha chiqadi

Ўзгидромет хабарига кўра, ёзнинг биринчи ойида ўртача кунлик ҳарорат +31°…+36° гача кўтарилади

1 iyundan tariflar oshadi: oldindan to‘lov qilganlar 2 oy eski narxda to‘laydi

Табиий газнинг базавий нархи эса 1 куб метр учун 2 минг сўм этиб белгиланди.

Mersni "Oreshnik"ning yangi zarbalariga javoban Ukrainaga TAURUS raketalarini taqdim etishga undashdi

Агар биз сайловдан олдин Фридрих Мерцни тўғри тушунган бўлсак, унда Украинага TAURUS ракеталарини етказиб бериш вақти келди

Toshkentda tokarlik sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

Хабарга кўра, ёнғин соат 00:58 да қуршаб олинган ва соат 01:31 да ўчирилган.

Nihoyat! Toshkentda maktabdagi mojaroda o‘qituvchi aybsiz deb topildi

Яқинда Toshкент шаҳрининг Мирзо Улуғбек туманидаги 275-сонли мактабда информатика ўқитувчиси ва ўқувчилар ўртасида содир бўлган воқеа ижтимоий тармоқларда катта баҳс-мунозараларга сабаб бўлган эди.

Chexiya Ukrainadan kelgan qochqinlar uchun qoidalarni kuchaytirmoqda

ČTK агентлиги хабар беришича, ҳужжат парламент қуйи палатасига тасдиқлаш учун юборилган.

Rossiya Ukrainadagi “qaror qabul qilish markazlari”ga zarbalar berish bilan tahdid qildi va xorijliklarni Kiyevni tark etishga chaqirdi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги Украинанинг аннексия қилинган Луганскдаги ётоқхонага берган зарбасига жавобан, Россия Қуролли кучлари Киевдаги мудофаа корхоналари, “қарор қабул қилиш марказлари” ва қўмондонлик пунктларига зарбалар берилиши ҳақида таҳдидли баёнот эълон қилди.

Xitoy kompaniyalarining O‘zbekistonda turizm sohasida faoliyat ko‘lamini kengaytirish masalalari muhokama etildi

Хитойнинг Сиан шаҳрида бўлиб ўтган “III Ўзбекистон – Хитой ҳудудлараро форуми” доирасида Туризм қўмитаси раиси А. Аққулов Хитойнинг “Fei Jing Tourism” компанияси (чиқиш туризми) вице-президенти Веи Жие, “Winner Hydrogen” транспорт компанияси бош директори Луо Тианши ҳамда “Shaanxi Tourism Group” компанияси бош директори ўринбосари Сзао Юеванг билан музокаралар ўтказди.

Venesuelada mahbuslar tergov izolyatorini egallab oldi

Маҳбуслар директорнинг ишдан бўшатилишини талаб қилмоқда. Улар қамоқхона миноралари томига кўтарилган, баъзилари эса матрасларни ёқиб юборган.

Kiyevdagi “Chernobil” muzeyida yong‘in chiqdi

Маълум қилинишича, миллий Чернобиль музейи фақат апрель ойи охирида кенг кўламли реставрациядан кейин қайта очилган эди.

Birinchi Boku Turkologiya Qurultoyining 100 yilligiga bag‘ishlangan fundamental nashrlar Olmaotada taqdim etildi

2026 йил 22 май куни Қозоғистон Республикаси Миллий кутубхонасида Биринчи Боку Туркология Қурултойининг 100 йиллигига бағишланган Турк маданияти ва мероси жамғармасининг фундаментал илмий нашрлари тантанали равишда тақдим этилди.

Lukashenko va Makron uzoq vaqtdan so‘ng telefon orqali muloqot qildi

Минск расмийларига кўра, қўнғироқ ташаббуси Франция томонидан билдирилган.

AQSh elchixonasi Kiyevda yirik havo hujumi xavfi haqida ogohlantirdi

АҚШнинг Киевдаги элчихонаси яқин 24 соат ичида Украина ҳудудига «сезиларли ҳаво ҳужуми» бўлиши мумкинлиги ҳақида огоҳлантириш эълон қилди.

Livanda Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 3123 kishiga yetdi

Вазирлик билдиришича, 2 мартдан буён бошланган ҳарбий кескинлашув даврида қурбонлар умумий сони 3123 кишига, яраланганлар сони эса 9506 кишига етган.

Isroilga hozirda 51 ta davlat harbiy mahsulot yetkazib bermoqda

Маълумотларга кўра, қурол-яроғ ва ҳарбий технологиялар етказиб бериш Халқаро суднинг Ғазода геноцид хавфи мавжудлиги ҳақидаги огоҳлантиришидан кейин ҳам давом этган.

Norvegiyada “eng chiroyli hojatxona” xavfsizlik sabab yopildi

Андайя оролида жойлашган ва фьорд манзараси билан машҳур бўлган жамоат ҳожатхонаси ҳарбий хавфсизлик туфайли ёпилди.

Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarildi

Шифокорлар томонидан болага биринчи тиббий ёрдам кўрсатилганидан сўнг у яқинларига топширилди. Ҳозирда боланинг аҳволи яхши экани маълум қилинмоқда.

Xitoyda ko‘mir konidagi portlashda 90 kishi halok bo‘ldi

Хитой раиси Си Жинпинг тирик қолганларни излаш ва жабрланганларни қутқариш учун барча куч ва воситаларни сафарбар қилишни буюрган.

Rubio: Rossiya, AQSh va Ukraina o‘rtasidagi uch tomonlama muzokaralar to‘xtatildi

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

“MV Hondius” kemasida xantavirusga chalinganlar soni oshdi

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.