Dunyodagi eng badavlat insonlarning boyligi 255 mlrd dollarga ko‘paydi

Dunyodagi eng badavlat insonlarning boyligi 255 mlrd dollarga ko‘paydi

Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan, dunyodagi eng badavlat 25 kishining jami boyligi ikki oyda 255 mlrd dollarga ko‘paydi, deb yozmoqda Forbes.

Nashrning qayd etishicha, Mark Sukerbergning boyligi 31 mlrd dollardan 86,5 mlrd dollarga yetgan. Buning asosiy sababi u rahbarlik qiladigan Facebook kompaniyasi aksiyalari narxining sezilarli darajada oshganidir.  

Amazon korporasiyasi rahbari Jeff Bezos oxirgi ikki oy ichida aksiyalari qiymati o‘sishi ortidan 29,9 mlrd dollar ishlab oldi. Uning boyligi miqdori 146,9 mlrd dollarga yetdi. U jahonning eng badavlat kishisi bo‘lib turibdi.

Microsoft asoschilaridan biri Bill Geytsning boyligi 11,9 mlrd dollarga ko‘payib, 106,5 mlrd dollarga yetdi. LVMH (Louis Vuitton Moet Hennessy) kompaniyalar guruhi bosh direktori Bernar Arnoning aktivlari 12,8 mlrd dollarga o‘sib, 94,1 mlrd, Berkshire Hathaway investision fondi rahbari Uorren 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!