Dunyoda ilk bor chaqaloqda jigar transplantasiyasi o‘tkazildi

Dunyoda ilk bor chaqaloqda jigar transplantasiyasi o‘tkazildi

Yaponiya bolalar salomatligi va rivojlanishi milliy markazi xodimlari tarixda birinchi marta yangi tug‘ilgan chaqaloqqa jigarini tiklash uchun hujayrali transplantasiya operasiyasini o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda bugun, 21 may kuni NHK telekanali ma’lum qildi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning oktyabr oyida tug‘ilgan chaqaloq karbamid siklining buzilishidan aziyat chekkan. Protein almashinuvi jarayonining noto‘g‘ri ishlashi tufayli ushbu tashxis qo‘yilgan bemorlarning jigarida katta miqdordagi ammiak to‘planib qoladi, bu esa o‘lim ehtimoliga olib keladi. Bunday holda, bemorlarga jigar transplantasiyasi kerak, ammo bu operasiya faqat uch oydan katta bemorlarda amalga oshirilishi mumkin.

Shu munosabat bilan shifokorlar olti kunlik bo‘lgan 190 millionga yaqin ildiz hujayralarini yangi tug‘ilgan chaqaloqning jigariga ko‘chirishga qaror qilishdi. Hujayralar organizmda ildiz otib, ammiakni parchalash uchun ichki organlarning ishini tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Shu tufayli bolaning ahvoli normal holatga qaytdi. 2020 yilning mart oyida u jigarni to‘liq ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

Yapon markazi xodimlari ushbu usulni bemorlar orasida foydalanishni kengaytirish maqsadida klinik sinovlarni davom ettirish niyatida ekanliklarini aytishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!